YOLG'IZ NAMOZ O'QUVCHI UCHUN JAHRIY VA MAXFIY QIROAT

ID: 7319

12.02.2026

416

Savol:

Assalomu alaykum, domla. Qaysi namozlarni yolg'iz o'qiganda jahriy, ya'ni ovoz chiqarib va qaysilarini maxfiy, ya'ni ichida o'qiladi?

Javob:

Vaalaykum assalom. Yolg'iz namoz o'quvchi kishi bomdod, shom va xufton namozlarining farzini jahriy yoki maxfiy o'qishda ixtiyorlidir, biroq jahriy o'qigani afzal. Peshin va asr namozlarida esa qiroatni ichida qilish lozimdir.

Nafl va sunnat namozlari kunduzi o'qilsa, maxfiy o'qish lozim. Tungi nafllarda esa kishi ixtiyorli bo'lib, agar hech kimga xalaqit bermasa, ovoz chiqarib o'qishi mumkin. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar