MEN NASIYA SAVDOGA MOSHINA BERISH BN SHUGULLANAMAN

ID: 3670

28.10.2025

158

Savol:

Men bir tanishimga salondan o‘zi moshina olib chiqishi uchun 7000$ ni 2 yil ichida 11000 $ qilib berish sharti bilan berdim. Ushbu ish sudxurlikka kirmaydimi, agar kirsa kanday yo‘l tutushim lozim

Javob:

Siz qarz berib, uni ustamasi bilan qaytarib berishini so‘rabsiz. Bu ayni sudxo‘rlik bo‘lib, dinimizda qat’iy ta’qiqlangan. Buning o‘rniga, agar savdo qilmoqchi bo‘lsangiz, o‘zingiz 7000$ ga o‘sha mashinani sotib olib, keyin tanishingizga 11000$ ga 2 yil muddatga nasiyaga sotishingiz joiz edi. Endilikda darhol tavba qilishingiz, bu kelishuvni bekor qilib, faqat bergan 7000$ asosiy pulingizni qaytarib olishga rozi bo‘lishingiz shart. Asosiy puldan ortiqcha olingan har qanday miqdor ribo hisoblanadi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar