Assalomu aleykum ustozlar savolim shundan iboratki chet ellik da’vatchilarning da’vatini olib ulardan ilm olish xavflimi? lekin Ular ashariy yoki moturidiy aqidada bo‘lib va 4 mo‘tabar mazhabdan birini ushlagan Ahli ilim yoki da’vatchilar bo‘lsachi? Yoki baribir o‘zimiznikilarni eshitib o‘zimiznikilardan ilm olganimiz va da’vatlarini eshitganimiz yaxshimi? Nima maslahat berasizlar? Men chet elda bo‘lgan paytimdachi?
Aqidasi Ash’ariy yoki Moturidiy va mazhabi to‘rt mo‘’tabar mazhabdan biri bo‘lgan Ahli sunna val jamoa olimidan, uning millatidan qat’i nazar, ilm olish joiz albatta. Biroq, hozirgi fitnalar davrida da’vatchining aqidasi va manhajini yaxshilab tekshirish, ayniqsa chet elda bo‘lsangiz, yanada muhimdir. Eng to‘g‘ri va xavfsiz yo‘l – o‘zingiz bilgan va ishongan mahalliy ustozlar bilan maslahatlashib, ular tavsiya qilgan olimlardangina ilm olishdir.