Maslak ul mutaqiyn kitobida "Kinniya" da aytur Alloh lafzi aytilganda "Subhanalloh", "Tabarakalloh" deyish vojibdir deyilibdi. Shu to‘g‘rimi?
Bismillahir rohmanir rohiym.
Ha, Alloh taoloning ismi aytilganda uni ulug‘lovchi sifatlarni qo‘shib aytiladi.
رجل يسمع اسم الله تعالى يجب عليه أن يعظمه، ويقول: سبحان الله، أو تبارك الله؛ لأن تعظيم اسم الله واجب في كل زمان
"Alloh taoloning ismini eshitgan kishi, uni ulug‘lashi vojib bo‘ladi, "Subhanalloh", "Tabarakalloh", deydi. Chunki har paytda Alloh taoloning ismini ulug‘lash vojibdir" ("Al-Muhit al-Burhoniy" kitobi). Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.