NAMZDA ZAM SURA O'QIMAY RUKU'GA KETSA NAMOZ OXIRIDA SAJDAI SAHV QILINADIMI

ID: 2434

07.09.2025

59

Savol:

Namozda zam sura o'qimay ruku'ga ketsa, namoz oxirida sajdai sahv qilinadimi?

Javob:

Ha, zam sura o‘qishni unutib, ruku’ qilib qo‘ysa, namoz oxirida sajdai sahv qilish vojib bo‘ladi. Har qanday namozlarining avvalgi ikki rak’atida Fotiha surasidan keyin zam sura o‘qish vojib amal hisoblanadi. Vojib – bajarilishi shart bo‘lgan, ammo farz darajasida bo‘lmagan amaldir. Namoz ichida biror vojib amal unutib tark qilinsa, namozning oxirida sajdai sahv qilish bilan namozdagi kamchilik to‘ldiriladi va namoz durust bo‘ladi. Shu sababli, agar namozxon zam sura o‘qishni unutib, ruku’ga ketib qolsa, u vojib amalni tark etgan hisoblanadi va namozini yakunlash uchun oxirgi o‘tirishda tashahhuddan so‘ng salom berib, ikki marta sajda qilishi, so‘ng yana tashahhud, salovat va duolarni o‘qib, namozni tugatishi vojib bo‘ladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar