Namozda ذي العرش so‘zini زي العرش deb o‘qilsa, nima bo‘ladi?
Bismillahir Rohmanir Rohim.
Bu xatoni qasddan qilmagan bo‘lsa, ya’ni tili shunga ketib qolgan bo‘lsa, namozi durust bo‘ladi. Bu haqida “Fatovoi hindiya ” kitobida shunday deyiladi:
إنْ ذَكَرَ حَرْفًا مَكَانَ حَرْفٍ وَلَمْ يُغَيِّرْ الْمَعْنَى بِأَنْ قَرَأَ إنْ الْمُسْلِمُونَ إنْ الظَّالِمُونَ وَمَا أَشْبَهَ ذَلِكَ لَمْ تَفْسُدْ صَلَاتُهُ وَإِنْ غَيَّرَ الْمَعْنَى فَإِنْ أَمْكَنَ الْفَصْلُ بَيْنَ الْحَرْفَيْنِ مِنْ غَيْرِ مَشَقَّةٍ كَالطَّاءِ مَعَ الصَّادِ فَقَرَأَ الطَّالِحَاتِ مَكَانَ الصَّالِحَاتِ تَفْسُدُ صَلَاتُهُ عِنْدَ الْكُلِّ وَإِنْ كَانَ لَا يُمْكِنُ الْفَصْلُ بَيْنَ الْحَرْفَيْنِ إلَّا بِمَشَقَّةٍ كَالظَّاءِ مَعَ الضَّادِ وَالصَّادِ مَعَ السِّينِ وَالطَّاءِ مَعَ التَّاءِ اخْتَلَفَ الْمَشَايِخُ قَالَ أَكْثَرُهُمْ لَا تَفْسُدُ صَلَاتُهُ . هَكَذَا فِي فَتَاوَى قَاضِي خَانْ . وَكَثِيرٌ مِنْ الْمَشَايِخِ أَفْتَوْا بِهِ قَالَ الْقَاضِي الْإِمَامُ أَبُو الْحَسَنِ وَالْقَاضِي الْإِمَامُ أَبُو عَاصِمٍ : إنْ تَعَمَّدَ فَسَدَتْ وَإِنْ جَرَى عَلَى لِسَانِهِ أَوْ كَانَ لَا يَعْرِفُ التَّمَيُّزَ لَا تَفْسُدُ وَهُوَ أَعْدَلُ الْأَقَاوِيلِ وَالْمُخْتَارُ هَكَذَا فِي الْوَجِيزِ لِلْكَرْدَرِيِّ وَمَنْ لَا يُحْسِنُ بَعْضَ الْحُرُوفِ يَنْبَغِي أَنْ يَجْهَدَ وَلَا يُعْذَرُ فِي ذَلِكَ فَإِنْ كَانَ لَا يَنْطِقُ لِسَانُهُ فِي بَعْضِ الْحُرُوفِ إنْ لَمْ يَجِدْ آيَةً لَيْسَ فِيهَا تِلْكَ الْحُرُوفُ تَجُوزُ صَلَاتُهُ وَلَا يَؤُمُّ غَيْرَهُ وَإِنْ وَجَدَ آيَةً لَيْسَ فِيهَا تِلْكَ الْحُرُوفِ فَقَرَأَهَا جَازَتْ صَلَاتُهُ عِنْدَ الْكُلِّ وَإِنْ قَرَأَ الْآيَةَ الَّتِي فِيهَا تِلْكَ الْحُرُوفُ قَالَ بَعْضُهُمْ لَا يَجُوزُ صَلَاتُهُ .هَكَذَا فِي فَتَاوَى قَاضِي خَانْ وَهُوَ الصَّحِيحُ .كَذَا فِي الْمُحِيطِ .
ya’ni: “Agar bir harfning o‘rniga boshqa harfni aytsa, ma’no o‘zgarmasa (ya’ni, buzilmasa), masalan, (aslida ان المسلمين bo‘lgan kalimani) ان المسلمون yoki (aslida ان الظالمين bo‘lgan kalimani) ان الظالمون deb qiroat qilsa, namoz buzilmaydi.
Agar harf o‘zgarishi sababidan ma’no o‘zgarsa va ikki harfni mashaqqatsiz bir-biridan ajratishning imkoni bo‘lsa, masalan ص harfining o‘rniga ط deb o‘qisa, ya’ni, الصالحات (yaxshiliklar) so‘zining o‘rniga الطالحات (yomonliklar) so‘zini o‘qisa, hamma ulamolar nazdida namoz buziladi. Agar (ma’no buziladigan) holatda ikkita harfni ajratish mashaqqatli bo‘lsa, masalan ظ va ض harflari, ص va س harflari, ط va ت harflari kabi, bunga ulamolar turlicha javob berganlar. Ko‘pchiliklari namoz buzilmaydi, deydilar. “Fatovoi Qozixon” kitobida shunday deyilgan. Imom Kardariyning “Vajiz” kitobida shunday keltirilgan: “(Yuqoridagi holatda) ko‘pchilik ulamolar namozning buzilmasligiga fatvo berganlar, qozi Imom Abul Hasan va qozi Imom Abu Osim: “Bilib turib shu xato (ya’ni, bir harf o‘rniga boshqa harf o‘qish)ni qilsa, namozi buziladi. Agar tili shu xatoga ketib qolgan bo‘lsa yoki ikki o‘xshash harfni ajrata olmasa, namoz buzilmaydi”, deganlar. Mana shu so‘zlarning eng to‘g‘risi va ixtiyor qilinganidir.
Kim ba’zi harflarni yaxshi o‘qiy olmasa, imkoni boricha to‘g‘ri talaffuz qilishga harakat qilishi kerak, noto‘g‘ri aytib yurishiga uzr yo‘q. Agar tili ba’zi harflarni umuman ayta olmasa va (namozda o‘qish uchun) o‘sha harf ishtirok etmagan oyatlarni topa olmasa, o‘qigan namozi durust bo‘ladi, lekin imomlik qilmaydi. Agar tili qovushmaydigan harf ishtirok etmagan oyatlarni topsa va o‘shani o‘qisa, barcha ulamolarning nazdida namozi durust bo‘ladi. (Talaffuz qila olmaydigan harflari ishtirok etmagan oyatlar bo‘la turib), o‘sha harflari bor bo‘lgan oyatlarni o‘qisa, ba’zi olimlar namozi joiz bo‘lmaydi, deganlar. “Fatovoi Qozixon” kitobida shunday keltirilgan. “Muhit” kitobida bu so‘zni sahih, deyilgan (“Fatovoi hindiya” kitobi, “Sifati solat” bobi). Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.