Qurbonlikka sotib olingan hayvon o‘lib qolsa nima qilinadi?
Bismillahir rohmanir rohiym.
Agar savoldan "uning o‘rniga boshqa hayvon olish kerakmi yoki kerakmas"ligi so‘ralayotgan bo‘lsa, qo‘y egasining holatiga qarab hukm ikki xil bo‘ladi. Ya’ni, qurbonlikka olgan hayvoni o‘lib qolgan kishi nisob egasi bo‘lsa ya’ni zakotga qodir bo‘lgan boy kishi, o‘lgan hayvonning o‘rniga boshqa hayvon olib so‘yishi kerak. Agar faqir kishi bo‘lsa unga boshqa hayvon olib so‘yishi lozim bo‘lmaydi. “Majmual anhur” kitobida shunday keltiriladi:
اذا ماتت المشتراة للتضحية علي موسر تجب مكانها اخري و لا شيء علي الفقير
“Qurbonlikka sotib olingan hayvon o‘lib qolsa, o‘rniga boshqa olib so‘yish boyga vojib, faqirga emas”. (4 jild 173 bet). Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.