FARZAND O'Z MOLIDAN OTA-ONA FIDYASINI ADO ETISHI

ID: 4379

20.11.2025

88

Savol:

Otam bemorliklari va boshqa sabablar bn ro'zalarni to'liq tutmaganlar. Vafot etganlar. Men qizlariman, o'zim ishlab topgan mulkimdan otam o'rnilariga fidya bermoqchiman,otam vasiyat qilmaganlar. Savol: fidyani boshqa uyda ukam bilan yashaydigan onamga berishim joizmi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim. Joiz emas. Chunki farzand ota-onasining fidyasini vakil sifatida ularning nomidan bermoqda. Bu holatda ota o'z fidyasini ayoliga bergandek bo'lib qoladi. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar